DSQ migrantlar uchun soliq joriy qilinganini inkor qildi
Jamiyat
−
09 noyabr 2020
3543Avvalroq, O‘zbekiston Prezidentining qaroriga muvofiq 2021 yil 1 yanvardan boshlab xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotganlar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga tenglashtirilishi haqida xabar bergan edik.
Ammo ijtimoiy tarmoqlarda bu qaror bilan mehnat muhojirlari uchun soliq joriy etilgani haqida xabarlar tarqalishi bilan bu munozaralarga sabab bo‘ldi.
Davlat soliq qo‘mitasi mazkur qaror atrofidagi bahslarga munosabat bildirdi va qaror majburiyat emas, imkoniyat ekanini urg‘uladi.
Qayd etishicha, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar o‘ziga pensiya hisoblanishi va ish stajiga ega bo‘lishi uchun Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin, bu 2020 yil uchun eng kamida BHMning 50 foizi miqdorida belgilangan, bu hozirgi vaqtda 111 500 so‘mni tashkil etadi.
“Shu bilan birga, agar chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar O‘zbekistonda pensiya va ish stajiga ehtiyoj sezmasa, unda Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘lashning hojati yo‘q.
Ushbu chora mehnat muhojirlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, kelajakda ularni moddiy himoya qilish kafolati bo‘lib xizmat qiladi”, deyiladi qo‘mita xabarida.
LiveBarchasi