Xorijda ishlayotgan fuqarolar O‘zbekistonda pensiya olmoqchi bo‘lsa, ijtimoiy soliq to‘laydi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar o‘zini o‘zi band qiluvchi shaxslar qatoriga kiritilgandi. Shunga muvofiq ularga pensiya olish uchun tegishli ijtimoiy soliqni to‘lash tartibi tushuntirilishi belgilangandi.

Bu qaror e’lon qilingach, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Shu sababdan qaror yuzasidan qo‘shimcha izoh berishga zarurat tug‘ildi.

Shuni qayd etish kerakki, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar daromad solig‘i to‘lamaydi, ijtimoiy soliqni esa pensiya olish uchun ish stajiga ehtiyoj sezsagina to‘laydi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlariga tenglashtiriladi.

Ularga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan soliqlarni to‘lash hamda pensiya miqdorini hisoblash tartibi qo‘llaniladi.

Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar o‘ziga pensiya hisoblanishi va ish stajiga ega bo‘lishi uchun Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin, bu 2020 yil uchun kamida BHMning 50 foizi hajmida (111 ming 500 so‘m) belgilangan.

Agar chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar O‘zbekistonda pensiya va ish stajiga ehtiyoj sezmasa, unda Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘lashning hojati yo‘q.

Ko‘rinib turibdiki, mehnat migrantlarining o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga tenglashtirilishi ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

soliq migrant

Baholaganlar

256

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing