Dronlar Rossiyadagi yirik elektr stansiyaga hujum qildi

Olam

image

25 martga o‘tar kechasi Rossiya Federatsiyasining Rostov viloyatidagi eng yirik issiqlik elektr stansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, unga dronlar hujum qilgan.

"Novocherkasskaya elektr stansiyasi xodimlari yong‘inni tezda o‘chirishdi. Qurbonlar yo‘q. Favqulodda holat sabablari o‘rganilmoqda. Yong‘in tufayli 330 kV yuqori voltli liniyalar – Tixoretskaya va Rostovskaya avtomatik ravishda o‘chdi. Hozirda elektr ta’minoti tiklangan. Novocherkasskaya issiqlik elektr stansiyasining ikkita energoblogi ishdan chiqqan”, deydi viloyat gubernatori Vasiliy Golubev.

Baza Telegram-kanali xabariga ko‘ra, stansiyaga bir nechta dron hujum qilgan, ularning birinchisi mahalliy vaqt bilan soat 2:30 da ob’ektga qarab uchgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha Rossiya Ukrainaning energetika ob’ektlariga kuchli zarba bergani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Rostov dronlar hujumi Novocherkass Elektr staniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing