Ozon yana nishonda: Ukraina bu safar Rostovdagi omborni bombaladi
Olam
−
12:46 741 2 daqiqa
Bugun, 29 avgustga o‘tar kechasi Rostov viloyatida Ukraina dronlari hujumi oqibatida Ozon’ning logistika markazlaridan birida yong‘in chiqdi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Ozon logistika kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in kichik bo‘lgan va tezda o‘chirilgan. Markaz faoliyati favqulodda xizmatlar hududni ko‘zdan kechirishi uchun vaqtincha to‘xtatilgan. Sotuvchilardan yetkazib berishlarni qabul qilish ham to‘xtatilgan, yo‘lda bo‘lgan yuklar esa boshqa ob’ektlarga yo‘naltirilmoqda.
Shuningdek, Rostov viloyatidagi Ozon’ning ikkinchi logistika markazi ham xavfsizlik nuqtai nazaridan vaqtincha yopilgan. Ushbu ob’ekt zarar ko‘rmagan, jabrlanganlar ham yo‘q. Sotuvchilarga yetkazib berish va FBS-jo‘natmalarini keyingi kunga ko‘chirish yoki ularni buyurtmalarni qabul qilish va topshirish punktlari orqali yuborish taklif qilingan.
Bundan tashqari, Rostov viloyatidagi hujum oqibatida jami yetti kishi jabrlangan. Rostov-Donda to‘rt kishi, jumladan, ikki bola shifoxonaga yotqizilgan. Bolalardan birining ahvoli og‘ir. Yana uch kishi Aksay tumanida tibbiy yordam so‘ragan.
Rostov-Donning Proletar tumanida dronlar bo‘laklari tushishi oqibatida ikki ko‘p qavatli uy zarar ko‘rgan. Aholi evakuatsiya qilinmoqda.
Aksay tumanida esa dron bo‘laklari omborlar hududidan topilgan, shuningdek, o‘rmonzorda yong‘in chiqqan. Bagayevskiy tumanida xususiy uylarning oynalari zarar ko‘rgan. U yerda jabrlanganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Orenburg va Ufa shaharlaridagi Ozon kompaniyasining logistika ob’ektlari Ukraina dronlari hujumiga uchragan edi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust