Kiyevdan katta yurish: Ukraina Rostovdagi portni bombardimon qildi

Olam

image

Rossiyaning Rostov viloyatidagi Taganrog porti Ukraina bilan bog‘liq mojarolar sababli navbatdagi dron hujumiga uchradi. Bu haqda viloyat gubernatori Yuriy Slyusar xabar berdi.

Unga ko‘ra, uchuvchisiz uchish apparatlari hujumi oqibatida port hududidagi tanker va yonilg‘i saqlanadigan rezervuarlardan biri yonib ketgan.

Shuningdek, hujum oqibatida ma’muriy binoda ham yong‘in yuzaga kelgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu binoda jabrlanganlar qayd etilmagan. Biroq dronlardan biri xususiy turar joyga kelib urilgani sababli ikki kishi jarohat olgan. Keyinchalik, Taganrog shahri meri Svetlana Kambulova jarohatlangan erkak va ayol shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qilgan.

Viloyat rahbari ma’lumotiga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari Taganrog shahri hamda Chertkovskiy, Matveyevo-Kurgan, Neklinov tumanlari osmonida bir necha dronlarni urib tushirgan.

Shu bilan birga, Rossiyaning Tula viloyati gubernatori Dmitriy Milyayev ham hududda oltita dron urib tushirilganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q va binolar hamda infratuzilmaga zarar yetmagan.

Taganrog meri Svetlana Kambulovaning ta’kidlashicha, shahar ommaviy havo hujumiga duch kelgan. Dronlar zarbasi oqibatida portdagi yuk ortish infratuzilmasi va ma’muriy bino zarar ko‘rgan. Yong‘in qisqa vaqt ichida o‘chirildi. Rasmiylar neft mahsulotlari to‘kilishi holati kuzatilmaganini bildirgan.

Ayni paytda Rostov viloyatidi dronlar xavfi saqlanib qolayotgani ma’lum qilinib, aholidan ehtiyotkor bo‘lish so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainaning Rossiya hududlariga uyushtirgan tungi dron hujumlari oqibatida uch kishi halok bo‘lgandi. Hujumlar asosan Volgograd va Bryansk viloyatlarida qayd etilgan bo‘lib, kimyo zavodi hamda yirik neftni qayta ishlash korxonasiga zarar yetgani aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Rostov dron hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing