Donald Tramp qanday kelishuvlarga erishganini ma’lum qildi

Olam

image

AQSH va Xitoy savdo bitimi bo‘yicha prinsipial jihatdan kelishuvga erishdi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

Kelishuv haqida AQSH Prezidenti Donald Tramp Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vazirining o‘rinbosari Lyu Xe bilan muzokaralardan so‘ng ma’lum qildi.

Amerika rahbarining qo‘shimcha qilishicha, endi hamma narsani hujjatlashtirish kerak. Trampning so‘zlariga ko‘ra, erishilgan kelishuvlar intellektual mulk, moliyaviy bitimlar va Amerika qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bilan bog‘liq.

"Tafsilotlari hujjatlashtiriladigan kelishuvga erishdik. Bu 3 haftadan 5 haftagacha davom etishi mumkin. Ma’lumki, bizning mamlakatlarimiz Chilidagi Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida ishtirok etadi. Ehtimol, hujjat shu vaqtga qadar yoki birozdan keyin tayyor bo‘ladi", dedi Donald Tramp

Xitoy va AQSH bir necha oylardan beri tafovutni bartaraf etish uchun keskin muzokaralar olib bormoqda. Natijada ikkala mamlakat ham yon berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Donal'd Tramp AQSh

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing