Dominikan vaziri kabinetida otib o‘ldirildi

Olam

image

Joriy yilning 6 iyun kuni Dominikan Respublikasining Atrof-muhit vaziri Orlando Xorxe Mera ish joyida otib o‘ldirildi. Bu haqda mamlakat Prezidentining matbuot kotibi Omero Figeroa ma’lum qildi.

BBC ma’lumotlariga ko‘ra, 55 yoshli vazir yig‘ilish o‘tkazayotganida, unga bolalikdagi yaqin do‘sti kamida olti marta o‘q uzgan. 

“Bizda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, vazir erta tongda o‘z kabinetiga uyushtirilgan hujum oqibatida vafot etgan. Vazirni uning yaqin do‘sti Migel Kruz  otgan”, deydi Figeroa.

Dominikan Prezidenti Luis Abinader 7 iyun kuni vazir Orlando Xorxe Meraning otib o‘ldirilgani ortidan uch kunlik milliy motam e’lon qildi.

Qayd etilishicha, 7-9 iyun kunlari davlat muassasalari va harbiy qismlar hududida davlat bayroqlari yarmiga tushiriladi.

Orlando Xorxe 2020 yil iyul oyida hokimiyat tepasiga kelgan. U Salvador Respublikasining sobiq Prezidenti Xorxe Blankoning o‘g‘li, hukmron Zamonaviy inqilob partiyasi asoschilaridan biri edi.

Uning bevasi Dominikanning Braziliyadagi elchisi. Orlando Xorxe Meraning ikki farzandi bor, ulardan biri Dominikan Respublikasi parlamenti a’zosi.


Maqola muallifi

Teglar

vazir otib o'ldirildi Dominikan

Baholaganlar

488

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing