Doka-ro‘mol qurishi: Erdo‘g‘an va Makron dahanaki jangdan keyin ilk bor uchrashdilar

Olam

image
Erdo‘g‘an va Makron mojarosi: gap faqat dindami? north_east

Erdo‘g‘an va Makron mojarosi: gap faqat dindami?

Bugun, 14 iyun kuni Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Bryusseldagi NATO shtab-kvartirasida  uchrashdilar. 

Qayd etilishicha, uchrashuv Shimoliy Atlantika alyansi rahbarlari sammiti doirasida matbuot uchun yopiq rejimda tashkil etildi. 

Erdo‘g‘an va Makron o‘rtasidagi muzokaralar 52 daqiqa davom etgani aytilmoqda. Uchrashuvda qaysi masalalar muhokama qilingani haqida aniq ma’lumot yo‘q. 

Erdo‘g‘an va Makron Turkiya va Fransiya o‘rtasidagi siyosiy inqiroz avj olganidan buyon birinchi marta uchrashishmoqda. 

Joriy yilning 16 oktyabr kuni Parij chekkasida chechenistonlik Abdallah Anzorov tarix va geografiya o‘qituvchisi Samyuel Patining joniga qasd qildi. So‘z erkinligi darsida Pati shogirdlariga payg‘ambar Muhammad (s.a.v)ning karikaturasini namoyish etdi. Qotillikka javoban Makron diniy tuyg‘ularni haqorat qilish huquqini inson va fuqaroning tabiiy erkinliklarining bir qismi, deb bilishini ma’lum qildi. Fransiya rahbarining so‘zlari Islom dunyosida, xususan, Turkiyada g‘azabga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng, Turkiya va arab mamlakatlari fransuz mahsulotlariga boykot boshladi. Turkiyada esa Prezident Erdo‘g‘anning o‘zi odamlarni fransuz mahsulotlarini sotib olmaslikka chaqirdi. 

Bu orada dahanaki jang faqat oktyabrdagi voqealar bilan bog‘liq emasdi. 2020 yilning 27 sentyabr kuni Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida Tog‘li Qarobog‘ hududida qurolli to‘qnashuvlar boshlandi. Erdo‘g‘an ayni vaziyatda Ozarbayjonning tarafini olib, uni qurol-yarog‘ bilan ta’minladi va masalani endi tinch yo‘l bilan hal etib bo‘lmasligini urg‘uladi. 

Qorabog‘ mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish yo‘llarini izlashga rahbarlik qilayotgan YeXHTning  Minsk guruhi esa masalani tinch yo‘l bilan, uchinchi davlatlarning ishtirokisiz, o‘zaro murosaga kelish bilan yechish haqida bayonot berdi. Xususan, Fransiya Prezidenti Turkiyani Ozarbayjonni qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda aybladi. Minsk guruhiga Rossiya, AQSH va Fransiya hamraislik qilmoqda. Ulardan tashqari Minsk guruhiga Belarus, Germaniya, Italiya, Turkiya, Finlyandiya, Shvetsiya hamda Ozarbayjon va Armaniston kiradi. 

Xullas, ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi sovuq munosabat siyosiy, iqtisodiy, tovar ayirboshlash kabi sohalarda qator muammolarni keltirib chiqardi. Bu orada Parij Anqaradan o‘z elchisini chaqirtirib oldi.

Joriy yilning yanvar oyi o‘rtalari Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga Parij va Anqara o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash taklifi bilan maktub jo‘natdi. Erdo‘g‘an Makronning ushbu maktubiga ijobiy munosabat bildirgan. Makron o‘z maktubida Turkiya Prezidentiga “Qadrdon, Toyib” deya murojaat qilgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Emmanuel' Makron

Baholaganlar

150

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing