“Dok-1 Maks”ni ishlab chiqargan kompaniyaning litsenziyasi bekor qilindi

Salomatlik

image

O‘zbekistonda 2022 yilda 20 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan “Dok-1 Maks” dori vositalarini ishlab chiqargan Hindistonning Marion Biotech farmatsevtika firmasining litsenziyasi bekor qilindi. Bu haqda “Press Trust of India” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Hindistonning Noida shahrida joylashgan firmaning litsenziyasi bugun, 23 mart kuni Uttar-Pradesh shtati hukumatining qaroriga ko‘ra, bekor qilingan. O‘zbekistonda o‘tgan yilning dekabr oyida 20 nafar bola ushbu firma ishlab chiqargan yo‘tal siroplarini iste’mol qilishi oqibatida vafot etganidan (https://qalampir.uz/n/75166) so‘ng ushbu masala yuzasidan tergov harakatlari boshlangan edi. 

Yanvar oyida firma litsenziyasi vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgach, batafsil tergov ishlari boshlangan. Tergovni shtat giyohvand moddalarni nazorat qilish va litsenziyalash boshqarmasi olib borgan va 3 mart kuni Noida politsiyasi firmaninig uch nafar xodimini hibsga olib, ikki direktoriga nisbatan qidiruv e’lon qilgan (https://qalampir.uz/n/78352). Dori vositalari namunasi Chandirgarx laboratoriyasida tekshirilganidan keyin ularning 22 tasi “standart sifatga ega emas”, (qalbaki) deb topilgan. Shu tariqa, firmaga nisbatan Hindiston Jinoyat kodeksining qator moddalariga ko‘ra, dorilarni qalbakilashtirish va shunday vositalarni sotish, boshqa dori yoki preparat sifatida sotish, noto‘g‘ri markalangan dori kabi jinoyatlar bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ham ushbu dori vositalarini mamlakatga olib kirgan “Quramax Medikal” MCHJga nisbatan jinoyat sudi bo‘lib o‘tgandi. Sud qarori bilan “QURAMAX MEDIKAL” MCHJga farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan 2019 yil 10 dekabrdagi P6580-sonli litsenziya bekor qilinishi va qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari muomaladan chiqarilib, yo‘q qilinishi belgilangandi. Shuningdek, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbari ham ishdan olingan edi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

litsenziya farmatsevtika Dok-1 Maks Marion Biotech

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing