“Dok-1 Maks” fojiasi jabrlanuvçilariga davlat byudjetidan kompensatsiya tölandi
3-sahifa
−
13:18 1374 3 daqiqa
“Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalari iste’moli oqibatida jabrlangan oilalarga moddiy va ma’naviy zararni qoplaş uçun davlat byudjetidan 65,2 milliard söm ajratildi. Bu haqda Soqğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.
Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça sudining ijro hujjatlariga köra, “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalari iste’moli natijasida jabrlangan oilalarga Majburiy ijro byurosi tomonidan 90 nafar jabrlanuvçi foydasiga jami 82 milliard söm kompensatsiya tölovi undirilişi belgilangan edi.
Biroq aybdorlarning xatlangan mol-mulkini sotiş jarayoni belgilangan muddatdan çözilgani sababli bugungi kunga qadar uşbu mablağning 20 foizi, ya’ni 16,8 milliard söm tölangan, xolos. Kompensatsiyaning qolgan qismi esa bir neça yildan buyon tölanmay kelgan.
Şu bois Prezident tomonidan jabrlangan oilalarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni töliq qoplab beriş işlarini tezlaştiriş böyiça tegişli topşiriq berilgan. Şunga asosan davlat byudjetidan 65,2 milliard söm ajratilgan. Şu tariqa, bugunga qadar 88 nafar jabrlanuvçiga jami 80 milliard söm, şu jumladan, vafot etgan 72 nafar bola oilalariga 72,2 milliard söm, davolangan va davolanayotgan 16 nafar bola oilalariga esa 7,8 milliard söm tölandi.
Bank kartalari bilan boğliq texnik masalalar hal etilgandan söng 2 nafar bola oila azolariga ham qolgan 2 milliard söm töliq tölab beriladi.
Byudjetdan ajratilgan 65,2 milliard söm mablağ aybdor şaxslarning mol-mulkini sotişdan tuşgan va ulardan undirilgan mablağ hisobidan respublika byudjetiga qaytariladi.
Bildirilişiça, ayni paytda Soğliqni saqlaş vazirligi, tegişli davlat taşkilotlari va idoralari mas’ullari respublika tibbiyot markazlari şifokorlari bilan birgalikda jabrlangan oilalarning holidan xabar olib, bolalarga qöşimça zarur tibbiy va psixologik yordam körsatiş çoralarini körmoqda.
“Dok-1 Maks” fojiasi
2022 yilning dekabr oyida Özbekistonda Hindistonning “Dok-1 Maks” tabletka va siropidan jami 70 nafarga yaqin bola vafot etgandi. Şundan söng Özbekistonda mazkur dori savdosi butkul töxtatilib, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatgan. Körib çiqilgan sud işi yakuni böyiça esa jami 19 kişi jazolangan.
Ular orasida 1972 yilda Hindiston Respublikasida tuğilgan, “Quramax Medical” MÇJ direktori lavozimida işlagan Singx Ragvendra Pratap ham bölib, u Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi, 186-3-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlari, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi, 213-moddasi 3-qismi “a” bandi va 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan. Jazoni ötab bölganidan keyin esa Hindiston fuqarosi Singx Ragvendra Pratapni Özbekiston Respublikasidan taşqariga çiqarib yuboriş belgilangan.
Şuningdek, Sardor Qoriyev (1982 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi direktori va uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlaştiriş davlat markazi” DUK direktori lavozimlarida işlagan) Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 2 yil 6 oyga davlat idoralarida rahbarlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan.
Live
Barchasi27 Oktyabr