“Dok-1 Maks” ishi: Sardor Qoriyev 18 yilga qamaldi
3-sahifa
−
26 fevral
12511Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari Sardor Qoriyev 18 yilga qamaldi. Bu haqda sud zalidan QALAMPIR.UZ jurnalisti Sevara Husniddinova xabar berdi.
Ayni paytda Toshkent shahar sudida “Dok-1 Maks ishi” bilan bog‘liq yakuniy sud majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Sud majlisiga raislik qiluvchi Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Muso Yusupov sud qarorini o‘qib eshittirdi.
Unda Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari Sardor Qoriyevga 2 yil-u 6 oy davlat idoralarida rahbarlik lavozimlarida ishlamaslik, 18 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur ish doirasida farmatsevtika sohasida faoliyat olib borgan 23 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan. Ular Hindistonda ishlab chiqarilgan, tarkibida zaharli moddalar bo‘lgan “Dok-1 Maks” siropi va boshqa dori vositalarini O‘zbekistonga olib kirgan hamda dorilar tarkibini tekshirishga mas’ul bo‘lgan shaxslardir.
Ma’lumot uchun, mazkur dori vositalarini iste’mol qilgan 86 nafar bola jabrlangan. Ulardan 68 nafari vafot etgan va 16 nafari og‘ir, 2 nafari yengil tan jarohati olgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Dok-1 Maks” iste’molidan bolalarning o‘limi sabab 30 dan oshiq shaxs ayblanuvchi sifatida tergovga jalb etilgan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi