“Dok-1 Maks” ishi ko‘rilayotgan sud binosiga bomba qo‘yilgani aytildi
Jamiyat
−
22 Sentabr 2023
13665Toshkentda “Dok-1 Maks” siropi ishi ko‘rib chiqilayotgan sud binosiga bomba qo‘yib ketilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Toshkentda joylashgan ayrim sud binolarida shahar sudi, IIBB, Milliy Gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlari poytaxtda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek, strategik ob’ektlarda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida rejali ravishda amalga oshirilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Xavfsizlik qoidalariga rioya etishingizni va xavotirga berilmasligingizni hamda vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Barcha harakatlar shahrimizning tinchlik va osoyishtaligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda”, deyiladi bu haqdagi munosabatda.