Dog‘istonlik MMA jangchisi 3 yildan ko‘proqqa qamaldi
Sport
−
04 aprel
7043Moskvaning Dorogomilovskiy sudi dog‘istonlik MMA jangchisi, “Hardcore Fighting” ligasi a’zosi Sirojiddin Murtozaliyevni noqonuniy ravishda to‘pponcha saqlagani uchun uch yil-u ikki oyga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Sud Murtozaliyev Sirojiddin Arsenovichni Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 222-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda (noqonuniy qurol saqlash) aybdor deb topib, 3 yil-u 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish haqida qaror chiqardi”, deyiladi sud hujjatida.
Hukm matnida aytilishicha, sudlanuvchilar internet orqali “Glock” to‘pponchasining sovuq versiyasiga buyurtma bergan, shundan so‘ng uni harbiy qurolga aylantirgan.
Qayd etilishicha, sportchiga qurolni sotganlar o‘z aybini tan olmagan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, sportchi bo‘sh qurol sotib olgan. Ikkinchi mahkumning xonadonini tintuv qilish chog‘ida esa politsiya xodimlari ko‘p miqdorda pichoq, soxta granata, teleskopik tayoqlar va boshqa turdagi noqonuniy buyumlarni topgan.
LiveBarchasi