Dog‘istonda terakt uyushtirishni rejalashtirgan 5 kishi qo‘lga olindi
Olam
−
02 dekabr
1776Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Dog‘iston respublikasida terakt uyushtirishda gumonlanib, besh kishi qo‘lga olindi. Bu haqda kuch ishlatar tizimlaridagi manbasiga tayanib, RIA Novosti хaбaр berdi.
“Dog‘istonda teraktlar rejalashtirgan besh kishi qo‘lga olindi. Guruh Kizlyar tumanida tashkil etilgan. Ular qo‘lbola portlovchi qurilmalar yasash uchun zarur bo‘lgan komponentlarni sotib olib, ularni yashirin joyda saqlagan”, deyiladi xabarda.
Dog‘iston Oliy sudiga ko‘ra, Maxachqal’aning Sovet tuman sudi gumonlanuvchilarni ikki oyga hibsga olishga qaror qilgan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 205,4-moddasi 1-qismi (Terroristik jamoa tashkil etish va unda ishtirok etish), 223,1-moddasi 3-qismi (Portlovchi moddalarni noqonuniy ishlab chiqarish), 30-moddasi 1-qismi hamda 205-moddasi 2-qismi “a” bandi (Jinoyatga tayyorgarlik – terroristik akt) bilan jinoiy qo‘zg‘atilgan. Agar ular mazkur moddalar bo‘yicha aybdor deb topilsa, umrbod qamalishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul shahrida politsiya portlovchi moddalar yordamida terakt tayyorlayotgan ISHID terrorchilik tashkilotining ikki tarafdorini qo‘lga olgan edi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari gumonlanuvchilardan biri internetdan portlovchi moddalar va bomba yig‘ish yo‘llari haqidagi ma’lumotlarni qidira boshlaganidan so‘ng uni kuzatishni boshlagan. Shundan so‘ng politsiya ikki nafar gumonlanuvchini qo‘lga olgan.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr