DXX o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi
Jamiyat
−
07 yanvar 2020
12730O‘zbek-qirg‘iz chegarasining belgilanmagan qismida Qirg‘iziston fuqarolari va O‘zbekiston chegarachilari orasida mojaro sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Chegara qo‘shinlari rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilishicha, o‘zaro mojaro bugun, 6 yanvar kuni soat 13:30 larda Namangan viloyatining Pop yo‘nalishida sodir bo‘lgan.
Pop tumanining Oq-Kurcha hududida o‘zbek chegarachilari O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasini bosib o‘tganlarni payqashgan. Ular 1,5 km masofani bosib o‘tib, 500 ga yaqin maydashoxldi qoramolni o‘tlatib yurganlari, oqibatda davlat chegarasini buzganlari aniqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi chegarachilari chegarani buzish joyiga kelishlaridan oldin qirg‘iz cho‘ponlar qishloqdagi podaning katta qismini Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Ola-Buqa tumani Arab aholi punktiga haydab chiqarishga muvaffaq bo‘lishgan. Podaning qolgan qismi ko‘rsatilgan hududda qolgan.
O‘zaro munosabat va erishilgan ikki tomonlama kelishuvga muvofiq, O‘zbekiston chegarachilari chorva mollari va tinch aholini Qirg‘iziston Respublikasi hududiga chiqarib yuborishgan.
Ushbu holat bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi chegara idoralari xodimlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Ayni vaqtda chegara hududi aholisi bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi