DXX raisi Turkiya razvedkasi rahbari bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 12 sentyabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati markaziy apparatida DXX raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov Ibrohim Qalin rahbarligidagi Turkiya Milliy razvedka tashkiloti delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida xavfsizlik sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, xususan, terrorizm va ekstremizm, noqonuniy migratsiya, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, terrorchilik faoliyatiga aloqador bo‘lgan qidiruvdagi shaxslarni ushlash va deportatsiya qilish masalalari muhokama qilingan.

“Turkiya delegatsiyasining tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi yuqori darajadagi siyosiy aloqalar jadal rivojlanib borayotgan bir sharoitda bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Turkiya qardosh davlatlar sifatida zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurashish masalalarida yakdil pozitsiyaga ega”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ibrohim Qalin Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lishi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdusalom Azizov Davlat xavfsizlik xizmati Ibrohim Qalin Turkiya Milliy razvedka tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing