DXX generali Ğayratulla Yoziyev 15 yilga qamaldi
3-sahifa
−
2263 2 daqiqa
Keça, 27 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati raisining sobiq örinbosari, 2024 yilning dekabridan 2026 yilning martiga qadar xizmatning Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasiga rahbarlik qilgan general-leytenant Ğayratullo Yoziyev 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov ma’lum qildi.
Uning bildirişiça, Ğayratullo Yoziyev Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik), 234-moddasi (qonunga xilof ravişda uşlab turiş yoki hibsga oliş) va (hokimiyatni suiiste’mol qiliş, hokimiyat vakolatidan taşqariga çiqiş yoki hokimiyat harakatsizligi) bilan aybli deb topilgan.
Şuningdek, Taşanovga köra, sudlanganlar qatorida DXX raisi sobiq örinbosari, polkovnik Alijon Aşurov tovlamaçilik, sud işlariga aralaşiş va pora oliş ayblovi bilan 17 yilga, DXX boşqarma boşliği, polkovnik Muzaffar Nurboyev hujjatlarni qalbakilaştiriş, qiynoqqa soliş, sud işlariga aralaşiş, talon-torojlik bilan 17 yilga, polkovnik Temur Şorisqiyev tovlamaçilik, sud işlariga aralaşiş va pora oliş aybi bilan 16,5 yilga, xuddi şunday ayblov bilan polkovnik Gançar Uzoqov 16,5 yilga, polkovnik O. Abdullayev 15 yilga, polkovnik Suhrob Sayfiddinov 16 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
Bundan taşqari, Valiyev, Öroqov, Boysariyev va Şokirovlar ozodlikni çeklaş, jarima va axloq tuzatiş jazolariga hukm qilingan.
“Ğayratilla Yoziyev boşçiligidagi mazkur jinoiy guruh işi Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining Korrupsiyaga qarşi kuraş boşqarmasi tomonidlan tergov qilingan, sudlanuvçilar şu yilning bahorida hibsga olingan”, deyiladi xabarda.
Aşurov, Sayfuddinov, Uzoqov va Şorisqiyevlarga oid Koreya işi doirasidagi 90 million dollarlik boşqa jinoyat işi böyiça şu yilning 17 sentyabirda Bektemir tumani sudi uzoq yillik qamoq jazolarini e’lon qilgan. Protsessual qonunçilikka köra, mazkur şaxslarga nisbatan belgilangan jazolar qöşilsa, qamoq muddati yanada uzayişi mumkin.
Eslatib ötamiz, joriy yilning avgust oyida fuqarolarni Koreyaga yuboriş bilan boğliq “90 million dollarlik korrupsion sxema”ga boğlanayotgan Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq xodimlari Gançar Uzoqov, Alijon Aşurov, Timur Şariksiyev va Suxrob Sayfutdinovga oid sud işi nima sabab yopiq körilayotganiga izoh berilgandi.
Live
Barçasi