DXX raisi Azizov Pokistonga bordi
Olam
−
31 iyul 2019 5853 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi general-leytenant Abdusalom Azizov Pokistonga bordi. Bu haqda “The News” xabar berdi.
Kecha, 30 iyul kuni Abdusalom Azizov Pokistonning quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni general Kamar Javad bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvda o‘zaro va professional qiziqishga sabab bo‘layotgan masalalar muhokama qilindi. Ikki mamlakat o‘rtasida mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi umumiy vaziyatga alohida e’tibor qaratildi.
Ikki tomon harbiy aloqalarni kelajakda optimallashtirish, xususan, kadrlar tayyorlash va terrorchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilishga kelishib oldi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi Pokiston armiyasiga professionallik va mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr