DXX kubogi: musobaqaning eng kuchlilari aniqlandi (fotoreportaj)

Sport

image

Joriy yilning 22 avgust kuni Toshkent shahridagi “Jar” stadionida Davlat xavfsizlik xizmati kubogining final o‘yini bo‘lib o‘tdi. QALAMPIR.UZ futbol bo‘yicha final uchrashuvidan fotoreportaj tayyorladi.

Tuman va shahar bosqichlaridan boshlangan musobaqalar aprel-may oylarida, viloyat bosqichlari esa iyun-iyul oylarida o‘tkazilib, jami 262 ming nafardan ortiq yoshni qamrab oldi. Hududlarida eng yaxshi natija qayd etgan 42 ta jamoa esa 17-22 avgust kunlari poytaxtdagi “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida Respublika bosqichida kuch sinashdi.

Musobaqa davomida yosh futbolchilar nafaqat sport mahorati, balki matonat, jamoaviylik va g‘alabaga bo‘lgan ishonchini ham namoyon etdi. Har bir bellashuvda ishtirokchilar o‘z mahallasi va hududi sharafini munosib himoya qilish uchun bor kuchini ishga soldi.

Ayniqsa, o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi futbol bahslari murosasiz va keskin kechdi. Unda Toshkent shahri jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Final yo‘llanmasi uchun kechgan hal qiluvchi bahslarda esa Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani “Oqovul” MFY jamoasi Buxoro viloyati Peshku tumani “Qoraqalpoq” MFY jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Har ikki jamoa ham g‘alaba uchun bor imkoniyatini ishga solgan uchrashuv yakunida “Oqovul” MFY jamoasi 0:1 hisobida zafar quchib, musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Mini-futbol bahslarida esa Qashqadaryo viloyati jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritdi. Toshkent shahri jamoasi kumush, Namangan viloyati vakillari esa bronza medallari bilan taqdirlandi.

Qizlar o‘rtasidagi mini-futbol musobaqasida Toshkent viloyati jamoasi birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Samarqand viloyati ikkinchi, Toshkent shahri jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar pul mukofotlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, musobaqada yuqori natija ko‘rsatgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Jumladan, o‘g‘il bolalar o‘rtasida g‘olib bo‘lgan jamoa mahallasida zamonaviy mini-futbol maydoni, ikkinchi o‘rin sohiblari hududida universal sport maydoni, uchinchi o‘rinni egallaganlar mahallasida esa stritbol maydoni barpo etiladigan bo‘ldi.

Mini-futbol bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha:

Qizlar o‘rtasida:

  • Toshkent viloyati – 1-o‘rin;
  • Samarqand viloyati –2-o‘rin;
  • Toshkent shahri — 3-o‘rin.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida:

  • Qashqadaryo viloyati –1-o‘rin;
  • Toshkent shahri –2-o‘rin;
  • Namangan viloyati – 3-o‘rin.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarining futbol bo‘yicha final bahsida Sirdaryo viloyatining “Jomiy” mahallasi yoshlari Qashqadaryo viloyatining “Qoratepa” mahallasi jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylangan edi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda esa Toshkent shahri jamoasi Farg‘ona viloyati vakillaridan ustun kelgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing