DXX xodimlari mukofotlandi
Jamiyat
−
30 dekabr 2020 21988 1 daqiqa
Davlat xavfsizlik xizmati markaziy apparatida O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Prezident farmoniga muvofiq mukofotlanganlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda DXX raisi general-leytenant Abdusalom Azizov II-darajali “Shon-sharaf”, “Mardlik” ordenlarini, “Jasorat”, “Sodiq xizmatlari uchun” va “Shuhrat” medallarini o‘z egalariga topshirdi.
Shu bilan birga, COVID-19 pandemiyasi davrida yuksak jasorat ko‘rsatgan DXX tibbiy tuzilmalari xodimlari ham taqdirlandi. Ularga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni hamda “Sog‘lom turmush” medali topshirildi.
Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda Mustaqillik bayrami arafasida taqdirlanganlarga mukofotlarini topshirgani haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr