DXX katta miqdordagi giyohvand moddalarni musodara qildi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekistonniing turli hududlarida ko‘p miqdordagi giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

DXX xodimlari tomonidan Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Surxondaryo - Samarqand” yo‘nalishida harakatlanayotgan Cobalt rusumli avtomashina Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi “Umakay” YPX maskanida to‘xtatilgan.

Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Sariosiyo tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaroning yonida 3 kg 363 gr “opiy” giyohvand moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Boshqa bir holatda esa DXX xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan “Mineral suvlar” YPX maskanida Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli avtomashina to‘xtatilgan.

Avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida 5 kg “opiy” giyohvand moddasi borligi aniqlanib, protsessual tarzda rasmiylashtirib olingan.

DXXning Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan DBQ xodimlarini jalb etgan holda O‘rtachirchiq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bekobod shahrida yashovchi shaxslar – 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro hamda muqaddam giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan 1990 yilda tug‘ilgan shaxs 492 gr “gashish” moddasini 50 mln so‘mga sotgan vaqtlarida qo‘lga olingan.

Ta’kidlash lozimki, har uchchala holatda ham narkotik moddalar mamlakatga Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

DXX giyohvand modda

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing