DXX Chegara qo‘shinlarining faoliyatini kuzatib borish osonlashdi
Foydali
−
06 noyabr 2019
17826Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qo‘shinlari faoliyatini endi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatish imkoni paydo bo‘ldi. DXX Chegara qo‘shinlarining “Sarhad.uz” nomli rasmiy telegram kanali o‘z faoliyatini boshladi.
Ushbu kanalda DXX Chegara qo‘shinlarida olib borilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga yaratib berilayotgan sharoitlar, DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining o‘quv jangovar harakatlari hamda Davlat chegaralarini qo‘riqlash va xalq tinchligini ta’minlashdagi xizmat faoliyati, shuningdek, Davlat chegarasi buzuvchilarining noqununiy xatti-harakatlari xususidagi xabar va yangiliklar, harbiy xizmatchilarning ijod namunalari, xizmat faoliyati bilan bog‘liq tadbirlar, audio va video materiallar berib boriladi.
Kanal manzili: @sarhad_uz
LiveBarchasi