Diyor Imomxo‘jayev sifatli o‘yin uchun sifatli maydon kerakligiga ishora qildi

Sport

image

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev mamlakatdagi futbol maydonlari haqida fikr bildirdi. 

“Futbolchilar sifatli o‘yin ko‘rsatishi uchun sifatli gazon va yaxshi atmosfera kerak ekanligini U-20 Osiyo kubogi doirasida “Bunyodkor” va “Istiqlol” stadionlari ko‘rsatib berdi. “Bunyodkor” gazoni avvaldan shunday bo‘lganida, balki terma jamoalarimiz Toshkentda kamroq ochko yo‘qotgan bo‘lardi”, deydi Imomxo‘jayev.

PFL rahbari kelgusida Superliga va Pro liga jamoalarining asosiy hamda mashg‘ulot maydonlari bo‘yicha talablar kuchayishini ham qo‘shimcha qildi.    

“Biz 2024 yildan boshlab Superliga va Pro liga stadionlari maysasini birinchi bosqichda tartibga keltirib ulguramiz. Va joriy yil ikkinchi yarmidan boshlab mashg‘ulot maydonlari bo‘yicha talabni kuchaytiramiz. Futbolchi haftada bir stadionda futbol uchrashuvi o‘tkazadi va qolgan har kuni mashg‘ulot maydonida shug‘ullanadi. Bizda potensial va iqtidorlar yetarlicha. Shunchaki moddiy-texnik bazalar masalasida oldinga yanada tezroq yurishimiz kerak”, deb ta’kidladi O‘zPFL bosh direktori.


Maqola muallifi

Teglar

Diyor Imomxo'jaev “Bunyodkor” stadioni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made