Buxoroda mamlakatdagi eng katta stadionlardan biri quriladi

Sport

image

Buxoro tumanida 40 ming tomoshabinga mo‘ljallangan zamonaviy futbol stadioni qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning “China CAMC Engineering Co. LTD” kompaniyasi tomonidan Buxoro tumanidagi “Bog‘idasht” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida zamonaviy markaziy futbol stadioni barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Ayni paytda stadion hududini loyihalash ishlari boshlangan.

Yangi sport inshooti hududda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, xalqaro talablarga javob beradigan futbol uchrashuvlari hamda yirik sport tadbirlarini o‘tkazish uchun xizmat qilishi kutilmoqda.

Agar stadion rejadagidek qurib bitkazilsa, sig‘imi bo‘yicha O‘zbekistondagi ikkinchi eng katta futbol arenasiga aylanadi. Mamlakatdagi eng katta stadion esa Yangi Toshkent hududida qurilayotgan bo‘lib, loyihaga ko‘ra, u 55 ming tomoshabinga mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda O‘zbekistondagi eng katta sig‘imli stadion Toshkentdagi “Paxtakor” arenasi hisoblanadi. U 35 ming tomoshabinga mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing