O‘zbek futzali to‘liq raqamlashtirilmoqda

Sport

image

O‘zbekistonda futzalni to‘liq qamrab olishi ko‘zda tutilgan platforma ishga tushdi. Ushbu platforma faoliyati O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) hamda Havaskorlar futbolini rivojlantirish markazi hamkorligida yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi.

“Raqamli platforma futzalchilar portfoliosini shakllantirishga ko‘mak beradi hamda ularning karera bo‘ylab o‘sishiga hissa qo‘shadi. Shundan kelib chiqib, transferlar masalasida skautlar uchun yaxshigina qulaylik berishi rejalashtirilayotgan kontentdan nafaqat tashrif buyuruvchilar, balki sportchilarning o‘zi ham manfaatdor deyishimiz mumkin. Endilikda mamlakat futzalining Oliy va Birinchi ligasi, kubogi, Superkubogi, U-18 chempionati kabi musobaqalar mazkur platformada to‘liq yoritib boriladi. Platforma, shuningdek, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi yig‘inlar, o‘rtoqlik va rasmiy o‘yinlarni ham o‘zida aks ettiradi. Qo‘shimchasiga, havaskorlar futzali musobaqalari sekin-asta undan o‘rin oladi”, deyiladi manba xabarida.

O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev ham yangi platforma haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Liga ham, futbol ham futzal musobaqalarini o‘tkazib keladi. Mohiyati yaqin bo‘lsada, ular aslida boshqa-boshqa sport turlari. Shundan kelib chiqib, bizda futzal uchun mustaqil saytni ishga tushirish zaruriyati mavjud edi. Va nihoyat bunga erisha olganimizdan xursandmiz. Ishonamanki, platforma yaqin kelajakda o‘zbek futzalining asosiy axborot manbaiga aylanadi”, deydi Imomxo‘jayev.


Maqola muallifi

Teglar

Diyor Imomxo'jaev O'zPFL

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing