Ronaldu O‘zbekistonga kelishi mumkin

Sport

image

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) savatlari e’lon qilindi. Toshkentning “Paxtakor” klubi 1-savatdan, Qarshining “Nasaf” jamoasi 2-savatdan joy oldi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev o‘z Telegram sahifasida Saudiyaning qaysi klublari O‘zbekiston jamoalari bilan to‘qnash kelishi mumkinligini ma’lum qildi. 

“Paxtakor” 1-savatchada. Shundan kelib chiqilsa, Benzema yoki Kante Toshkentga kelmasligi aniq. Biroq ularning jamoasi “Al-Ittihod” “Nasaf” bilan raqib bo‘lishi mumkin. “Nasaf”ga “Al-Hilol” ham raqib bo‘la oladi. Riyodliklar safida Rubin Nevesh, Kalidu Kulibali kabilar to‘p suradi. Shundan kelib chiqilsa, Qarshiga katta ehtimol bilan biror yulduz kelishi mumkin”, deydi Imomxo‘jayev.

Shuningdek, O‘zPFL bosh direktori Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelish ehtimolini baholadi.

“Ronaldu to‘p surayotgan “Al-Nasr” saralashdan chiqib kelsa, “Paxtakor” yoki “Nasaf”ga raqib bo‘lishi mumkin. Ammo Ronaldu aniqki, Namanganga bormaydi. “Navbahor” saralashdan o‘tib olsa, xuddi Qarshiga kelishi mumkin bo‘lgan futbolchilarni Namanganda ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qildi Imomxo‘jayev. 

Ma’lumot uchun, OCHL saralash o‘yinlari 8-22 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqa esa 18 sentyabr kuni start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Diyor Imomxo'jaev Krishtianu Ronaldu Osiyo Chempionlar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing