Diskotekadagi hodisada o‘zbekistonliklar jarohatlandimi?

Jamiyat

image

Kecha, 27 iyul kuni Janubiy Koreyaning Kvanju shahridagi tungi klubda osma qavat qulashi natijasida jarohatlanganlar orasida o‘zbekistonlik sportchilar ham bolishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Seul shahridagi elchixonasining Konsullik bo‘limi bergan ma’lumotlarga tayanib, baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jarohatlanganlar ro‘yxatida O‘zbekiston fuqarolari, jumladan suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolarining nomlari yo‘qligini ma’lum qilmoqda. Seul shahar politsiyasi ham ushbu ma’lumotni tasdiqlagan. 

Janubiy Koreya huquqni muhofaza qilish organlari xabariga ko‘ra, mazkur hodisa oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, 17 kishi, jumladan 9 nafar jahon chempionatining xorijlik ishtirokchilari jarohat olgan. 

Konsullik-huquqiy departamenti Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Seul shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatmoqda:  +82-02-574-65-54,  +82-02-577-36-60.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Diskoteka

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing