Diniy erkinlik bo‘yicha hal etilmagan masalalar ko‘p – Saidov
Jamiyat
−
20 may 2022
7739O‘zbekistonda diniy erkinlik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan salmoqli ishlarga qaramay, haligacha hal etilmagan yoki yetarlicha e’tibor qaratilmayotgan masalalar ko‘p. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov Buxoroda o‘tkazilayotgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumida aytib o‘tdi.
Saidovga ko‘ra, mamlakatda diniy erkinlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda diniy erkinlik sohasidagi islohotlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy-huquqiy islohotlarning asosiy qismidir.
“Vijdon erkinligini ta’minlash sohasidagi hamkorlik nafaqat xalqaro tashkilotlar, balki mamlakat miqyosida, jumladan, xorijiy davlat institutlari va fuqarolik jamiyati orqali ham amalga oshiriladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan salmoqli ishlarga qaramay, haligacha hal etilmagan yoki yetarlicha e’tibor qaratilmayotgan masalalar ko‘p”, deydi Saidov.
Uning qayd etishicha, O‘zbekiston diniy erkinlikning barcha jihatlari bo‘yicha konstruktiv muloqotga tayyor.
LiveBarchasi