Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishga Akmal Saidov bosh bo‘ladi
Jamiyat
−
20 may 2022
8977O‘zbekiston Oliy Majlisining Senati va Qonunchilik palatasi kengashlarining qo‘shma majlisida Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi.
Oliy Majlis Senati Kengashi va Qonunchilik palatasi Kengashining qo‘shma majlisida komissiyaning tarkibi va vazifalari belgilandi
Komissiyaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov rahbarlik qiladi. Unga Alisher Qodirov, Aktam Hayitov, Qutbiddin Burhonov, Murod Kamolov o‘rinbosar bo‘ldi. Deputat Odiljon Tojiyev komissiya Matbuot xizmati rahbari etib tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, 17 may kuni Qonunchilik palatasida eng ko‘p o‘ringa ega ikki partiya – Liberal-demokratik partiya va "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi O‘zbekiston Konstitutsiyasini takomillashtirish masalasini Oliy Majlis palatalari Kengashlariga kiritishga kelishib olgandi.
LiveBarchasi