O‘zLiDep va “Milliy tiklanish” Konstitutsiyani o‘zgartirishga kelishib oldi
Jamiyat
−
17 may 2022
7333O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish masalasi Oliy Majlis palatalari Kengashlariga kiritiladi. Bugun, 17 may kuni hukmron Liberal-demokratik va “Milliy tiklanish” demokratik partiyalari fraksiyalarining qo‘shma yig‘ilishida shunday qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqida O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlar zarurligi ta’kidlangan edi.
Qo‘shma yig‘ilishda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi tomonidan “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda Konstitutsiyani takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining fraksiyasi a’zolari Liberal-demokratik partiya fraksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilgari surayotgan taklifini to‘laqonli qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Qo‘shma yig‘ilish yakunida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish masalasini Oliy Majlis palatalari Kengashlariga kiritishga kelishib olingan.
LiveBarchasi