Dimash Xudoybergen BMTning yaxshi niyat elchisiga aylandi
Olam
−
15 fevral 2024
6849BMTning Xalqaro migratsiya tashkiloti bugun, 15 fevral kuni to‘qqiz nafar yaxshi niyat elchisini tayinlaganini e’lon qildi. Ular orasida qozog‘istonlik xonanda Dimash Xudoybergen ham bor. Bu haqda xalqaro tashkilot bayonet berdi.
Dunyoning turli burchaklaridan kelgan san’atkorlar, rassomlar, sportchilar va boshqa taniqli shaxslar Xalqaro Migratsiya Tashkilotining yaxshi niyat elchilariga aylandi. Bular:
- Ama K. Abebrese, aktrisa va teleboshlovchi, Gana;
- Nikolas Marin Benites, fotograf, Argentina/Aruba;
- Pol Choi, fotograf, Mavrikiy;
- Mouktar Diakhabi, futbolchi, Gvineya;
- Kofi Kinaata, musiqachi va qo‘shiq muallifi, Gana;
- Janan Musa, basketbolchi, Bosniya va Gersegovina;
- Mirela Sula, psixolog, jurnalist va yozuvchi, Albaniya;
- Dimash Xudoybergen, qo‘shiqchi va qo‘shiq muallifi, Qozog‘iston (Osiyoda mintaqaviy rolga ega);
- "Atletiko Peñarol" klubi, futbol klubi, Urugvay.
Mashhurlar bilan hamkorlikda “Yaxshi niyat elchisi” dasturi XMT uchun yangilikdir. Bu tashkilotning missiyasini ilgari surish va himoya qilish uchun turli sohalardagi taniqli shaxslarning ta’siridan foydalanishga qaratilgan.
"Ushbu tashabbus bizning mashhurligimizni oshiradi, xabarlarimizni kuchaytiradi hamda milliy, mintaqaviy va global miqyosdagi hamkorlikni rag‘batlantiradi. Biz butun dunyo bo‘ylab muhojirlar hayotini yaxshilash bo‘yicha majburiyatimizni baham ko‘radigan fidoyi va g‘ayratli odamlar bilan ishlashni intiqlik bilan kutamiz ", deydi XMT vakili.
Ma’lumot uchun, Xalqaro migratsiya tashkiloti 1951 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u migratsiya sohasidagi yetakchi hukumatlararo tashkilot sanaladi. U hukumat, hukumatlararo va nodavlat hamkorlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Tashkilotga 175 a’zo davlat va kuzatuvchi maqomiga ega 8 davlat kiradi.
Xalqaro migratsiya tashkiloti to‘rt yo‘nalishda ishlaydi:
- Migratsiya va rivojlanish;
- Migratsiya yordami;
- Migratsiyani tartibga solish;
- Majburiy migratsiya.
XMTning ushbu sohalarni qamrab olgan faoliyati xalqaro migratsiya qonunchiligini ilgari surish, siyosiy munozaralar va tavsiyalar, migrantlar huquqlarini himoya qilish, migrantlar salomatligi va migratsiyaning gender o‘lchovlarini o‘z ichiga oladi.
LiveBarchasi