Dilnozaxon Kattaxonova Bosh vazir o‘rinbosari bo‘lishi kutilmoqda

Jamiyat

image

Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxonova O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlanishi kutilmoqda. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ning hukumatdagi manbasi xabar berdi.

Ma’lumot uchun,  1991 yil 2 iyulda Qo‘qon shahrida tavallud topgan Dilnozaxon Kattaxonova 2014 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining bakalavriatini bitirgan. 2016-2017 yillarda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Xalqaro aloqalarni rivojlantirish va nodavlat-notijorat tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.

Dilnozaxon Kattaxonova 2017 yil 5 iyulda Yoshlar masalalari bo‘yicha Respublika kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Markaziy Kengashi raisining o‘rinbosari etib saylangan. Shuningdek, 2018 yildan hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi mustaqil tadqiqotchisi hisoblanadi. 

2020 yil 10 iyul kuni yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining direktor o‘rinbosari etib tayinlangan Kattaxonova 2023 yil 20 dekabr kunidan boshlab Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing