Saida Mirziyoyeva Dilnozaxon Kattaxonovaga yangi lavozimida omad tiladi
Jamiyat
−
10 iyul 12217 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Bosh vazirning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan Dilnozaxon Kattaxonovaga yangi lavozimidagi faoliyatida omad tiladi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
“Dilnozaxon, sizga bu yo‘lda oqilalik, qat’iyat, ishingizga omad va yurtimizdagi har bir ayolning hayotida aks etadigan ulkan natijalar tilayman”, deya yozgan Mirziyoyeva.

Shuningdek, u O‘zbekistondagi 19 milliondan ziyod ayol ulkan kuch va ayni paytda katta mas’uliyat ekanini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat xotin-qizlarning ehtiyoj va muammolarini qanchalik teran anglasa, har bir oilaning farovonligi shunchalik barqaror bo‘ladi.
Mirziyoyeva xotin-qizlar bandligini ta’minlash, xorijdagi hamyurtlarni qo‘llab-quvvatlash hamda zo‘ravonlikning oldini olish vaqtinchalik choralar emas, balki puxta ishlab chiqilgan tizimli yondashuvni talab etishini bildirgan.


Bundan tashqari, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan, jumladan, jazo muddatini o‘tayotgan hamda oila va farzandlaridan uzoqda mehnat qilayotgan xotin-qizlarga alohida e’tibor qaratish zarurligini qayd etgan. Ularning davlat o‘z qismatiga befarq emasligini his qilishi muhim ekani ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 10 iyul kuni Dilnozaxon Kattaxonova O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi