Bosh vazir maslahatchisi lavozimidan ketdi

Jamiyat

image

Bosh vazir maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

“Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi – xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamentining boshlig‘i Mexriddin Akmalovich Xayriddinov lavozimidan ozod etildi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bunga uning boshqa ishga o‘tishi sabab bo‘lgan. 

Ma’lumot uchun, Mehriddin Xayriddinov 1977 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 46-o‘rta maktab o‘qituvchisi (2000-2001), 1-toifali, 2-toifali, 3-toifali muhandis, Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari (2001-2008) bo‘lib ishlagan.

Qolaversa, Investitsiyalar va savdo tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining yetakchi mutaxassisi (2008-2010), O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasining 1-kotibi (2010-2014), O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining konsullik boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i (2014-2017) lavozimlarida ham faoliyat yuritgan va keyinchalik O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi bosh konsuli (2017-2018) bo‘lgan.

Mazkur lavozimga, ya’ni Bosh vazirning maslahatchisi lavozimga esa u 2020 yilning avgust oyida tayinlangan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Mehriddin Xayriddinov Bosh vazir o'rinbosari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing