Bosh vazirga yangi maslahatchi tayinlandi
Jamiyat
−
17 avgust 2020
11271O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga yangi maslahatchi tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Bosh konsuli lavozimida ishlab kelayotgan Mehriddin Akmalovich Xayriddinov Hukumat rahbariga maslahatchi etib tayinlangan.
Mehriddin Xayriddinov u Vazirlar Mahkamasining Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti mudiri bo‘lgan.
Bu departamentga 2019 yil avgustidan buyon Komil Rashidov rahbarlik qilib kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu departament 2019 yil avgustida Prezident farmoni bilan qayta tashkil etilgandi.
LiveBarchasi