Diana Gurskaya sahnaga qaytdi
Madaniyat-san’at
−
05 Sentabr 2023
6500O‘zining “Ti znayesh, mama” qo‘shig‘i bilan mashhur bo‘lgan qo‘shiqchi Diana Gurskaya turmush o‘rtog‘ining o‘limidan 3 oy o‘tib yana sahnaga chiqdi.
Gap shundaki, may oyi oxirida 44 yoshli qo‘shiqchi Diana Gurskaya turmush o‘rtog‘i – Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori Pyotr Kucherenkodan ayrilgandi. U bundan 3 oy avval Kubaga uyushtirilgan xizmat safaridan qaytayotganda samolyotda tobi qochib, shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay vafot etgandi.
Shundan so‘ng qo‘shiqchi katta sahnalarda ko‘rinish bermay qo‘ygandi. Ammo Gurskaya yaqinda Kremlda bo‘lib o‘tgan “Yulduzlar bilan bilim kuni” konsertida ishtirok etdi va qo‘shiq kuyladi.
“Bugun men birinchi marta sahnaga chiqdim. Har biringiz mening ahvolimni yaxshi bilasiz. Sahnaga chiqishdan oldin bu haqda gapirsammi yoki yo‘q, deb o‘yladim. Lekin men bilan birga ekanligingizni tushunib, qaytishga qaror qildim”, dedi Diana.
Eslatib o‘tamiz, "Maksim" taxallusi bilan mashhur bo‘lgan xonanda Marina Abrosimova reabilitatsiyada davolanganidan keyin birinchi marta chiqish qildi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr