Deyarli ikki oydan keyin Pekinga koronavirus qaytdi
Olam
−
11 iyun 2020
12587Xitoy poytaxti Pekinda 56 kundan so‘ng yana COVID-19 bilan kasallanish holati aniqlandi. So‘nggi ikki haftada shahardan chiqmagan 52 yoshli erkak koronavirusga chalindi. Bu haqda Sichen tumani rahbarining o‘rinbosari Myao Szyanxun ma’lum qildi.
“Sichen tumanida yashovchi Tan familyali erkak 10 iyun kuni mahalliy shifoxonaga yuqori harorat va holsizlik sabab murojaat qilgan. Unda yo‘tal, tomoq og‘rig‘i bo‘lmagan. So‘nggi ikki haftada u Pekin tashqarisiga chiqmagan va kelganlar bilan ham muloqotda bo‘lmagan”, dedi Myao Szyanxun.
Uni koronavirusga tekshirishganda infeksiya aniqlangan. Erkakning ikki oila a’zosi ham shifoxonada nazoratga olingan. U virusni qanday yuqtirgani hamon noma’lum.
Ta’kidlanishicha, erkak shifoxonaga kelguncha tibbiy niqobda bo‘lgan. Ayni vaqtda mutaxassislar Sichen tumanida epidemiologik surishtiruv boshlagan.
Ma’lumot uchun, koronavirus epidemiyasi boshlangan Xitoyda hozirga kelib vaziyat ancha barqaror. Mamlakatda bugungacha 84 210 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning Ularning 4 638 nafari halok bo‘lgan va 79 457 nafari sog‘aygan.
LiveBarchasi