Deputatlar O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi bo‘lishini ma’qulladi
Jamiyat
−
28 aprel 2020 8379 1 daqiqa
Avvalroq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekistonni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zoligi masalasi ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar bergan edik.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi yuzasidan yakuniy qarorni qabul qildi. Bu haqda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonning Ittifoqda “kuzatuvchi davlat” maqomida ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb topildi.
Ushbu qaror bo‘yicha yig‘ilishda ishtirok etgan jami 132 nafar deputatlardan 86 nafari tarafdor (yoqlab), 32 nafari qarshi, 14 nafari esa betaraf ovoz berishdi. Birgina deputat ovoz bermadi.
Eslatib o‘tamiz, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov partiyasi O‘zbekistonning YeOIIga kirishiga qarshi bo‘lishini aytib o‘tgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025