Deputatlar “Uzbekistan GTL”ga olib kelingan bangladeshlik ishchilar bo‘yicha vazirlikka so‘rov yubordi

Jamiyat

image
“Uzbekistan GTL”da bezorilik qilganlarga jinoyat ishi ochildi. Yetkazilgan zarar hisoblandi north_east

“Uzbekistan GTL”da bezorilik qilganlarga jinoyat ishi ochildi. Yetkazilgan zarar hisoblandi

Uzbekistan GTL zavodida nima bo‘lgandi? north_east

Uzbekistan GTL zavodida nima bo‘lgandi?

O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatlari Doniyor G‘aniyev va Nodir Tilavoldiyev Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga deputatlik so‘rovi yubordi. Bu haqda deputat G‘aniyev ijtimoiy tarmoqdani sahifasida ma’lum qildi.

Deputatlar Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilayotgan Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksining metan tozalash bazasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish uchun qurilayotgan "Uzbekistan GTL" zavodi loyihasi doirasida bosh pudratchi “Enter Engineering Pte. Ltd.” injiniring kompaniyaci tomonidan 900 ga yaqin bangladeshlik mehnat migrantlari jalb qilinishi yuzasidan yuborilgan.

“Mazkur masala bo‘yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan bildirilgan munosabatda “O‘zbekneftgaz” AJ yoki loyiha bosh pudratchisi “Enter Engineering Pte. Ltd.” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani olish uchun Tashqi mehnat migratsiyasiga murojaat qilmaganligi bayon etilgan”, deydi G‘aniyev.

Deputat Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 martdagi “O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash xaqida”gi 244-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda ish beruvchilar tomonidan  Respublikaga xorijdan ishchi kuchini ruxsatnoma olmay jalb qilish, chet el fuqarolariga esa mamlakat hududida tasdiqnoma olmasdan mehnat faoliyatini amalga oshirishi taqiqlanganini eslatgan.

“Bu esa loyihaga bangladeshlik ishchilarni olib kelinishi bugungi pandemiya jarayonida nafaqat o‘rinsiz qaror ekanligini, balki katta ehtimol bilan qonunga zid tarzda amalga oshirilganligini anglatadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, hamkasbim deputat N.Tilavoldiyev bilan birga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga deputatlik so‘rovini yubordik. Unda, birinchi  navbatda, bangladeshlik mutaxassislarni jalb qilishda “O‘zbekneftgaz” AJ yoki “Enter Engineering Pte. Ltd.” kompaniyasi tomonidan amaldagi qonunchilikka rioya etilganligi bo‘yicha vazirlik tomonidan olib borilayotgan o‘rganish natijalari haqida ma’lum qilish so‘ralgan.

Shuningdek, Vazirlikdan mazkur loyiha doirasida yaratilgan ish o‘rinlari, jalb qilinayotgan bangladeshlik mutaxassislarning kasbi va malaka darajasi loyiha doirasidagi mavjud ish o‘rinlariga mosligi hamda ushbu ish o‘rinlariga mos keladigan mahalliy ishchi kuchi mavjudligi to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlar taqdim etishi so‘ralgan”, deya so‘rov mazmuniga to‘xtalgan G‘aniyev.

Deputat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 3-chorak yakuni bo‘yicha respublikada ishsizlik darajasi 11,1foizni yoki 1,6 mln dan ortiq kishini tashkil etganini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bangladeshlik ishchilar mavjud tartibga asoslangan holda olib kelinmaganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Doniyor G'aniev Uzbekistan GTL

Baholaganlar

331

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing