G‘aniyevdan Qodirovning yuziga tarsaki: “Ahmoq odamlar ham deputat bo‘lishi mumkin”
Jamiyat
−
22 iyul 2023
28422Ahmoq odamlar ham deputat bo‘lishi mumkin, lekin bu hamma deputat ahmoqligini anglatmagandek. Bu so‘zlarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev bugun, 22 iyul kuni Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirdi.
Ayni vaqtda uning ushbu gaplari tarmoqda trendga chiqib, deputat – “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirovning kambag‘allarga qarata aytgan gaplariga javob sifatida talqin qilinmoqda.
“Nobel sovrindorlari A.Banerji va E.Dyufloning (“Poor Economics") fikricha, odamlar mehnat qilmagani uchun emas, balki ko‘p hollarda “kambag‘allik qopqoni” (ochlik, kasallik, ishsizlik, ta’lim ololmaslik)ga tushib qolishi ortidan qashshoqlikdan chiqolmaydi.
To‘g‘ri, ilmi, hunari yo‘q, dangasa odam kambag‘al bo‘lishi mumkin. Lekin bu hamma kambag‘al shunday degani emas. Xuddi ahmoq odamlar ham deputat bo‘lishi mumkin, lekin bu hamma deputat ahmoqligini anglatmagandek”, deydi G‘aniyev.
Eslatib o‘tamiz, Alisher Qodirov Telegram’dagi kanalida kambag‘allik – mag‘lubiyatga rozilik, deb o‘ylashini aytgan.
“Kim kambag‘al bo‘ladi? Birinchi navbatda harakati yo‘q, ilmi yo‘q, hunari yo‘q odam kambag‘al bo‘ladi! Kimdir hayoti davomida imkoniyat izlasa, kimdir aybdor izlaydi”, deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari Qodirov.
Unga ko‘ra, davlat qancha harakat qilmasin, mag‘lublar kambag‘al bo‘lib qolaveradi.
LiveBarchasi