Doniyor G‘aniyev deputatlikdan ketdi
Jamiyat
−
06 avgust
15889Doniyor G‘aniyev yangi ishga o‘tishi munosabati bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputatlik faoliyatini yakunladi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Saylovchilar bildirgan ishonchni oqlash, ularning dardu tashvishlarini, muammo va xohishlarini parlament minbariga olib chiqish, qabul qilingan qonunlarning adolatli va insonparvar bo‘lishiga hissa qo‘shish, murojaat qilgan fuqarolarga yordam bera olish imkoniyati men uchun deputatlikning eng katta sharafi bo‘ldi. Bunday imkoniyat va baxt menga nasib qilganidan har doim faxrlanaman.
Albatta, deputatlik faoliyatimga eng munosib bahoni saylovchilar beradi. Balki menga ovoz bergan saylovchilarning ishonchini har doim ham oqlay olmagandirman. Biroq vijdonimga qarshi bormaslikka, prinsiplarimga sodiq qolishga qo‘limdan kelgancha harakat qildim. Insonlar og‘irini yengil qilishga xizmat qiluvchi ijobiy normalarni qo‘llab-quvvatlashdan, fuqarolar manfaati va huquqlariga zid deb bilgan qonunlarga esa qarshi turishdan ikkilanmadim”, deb yozdi G‘aniyev.
Doniyor G‘aniyev keyingi faoliyatini Vazirlar Mahkamasida investitsiya yo‘nalishida mas’ul xodim sifatida davom ettiradi. Uning aytishicha, u deputatlikdan avval ham shu yo‘nalishda ishlagan.
LiveBarchasi