Deputatlar G‘aniyev nomzodini Bosh vazir o‘rinbosarligiga ma’qulladi
Jamiyat
−
25 Sentabr 2020
100272020 yil 25 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Shuhrat G‘aniyev nomzodini ko‘rib chiqdilar.
Xalq vakillari tomonidan Shuhrat G‘aniyev nomzodi ma’qullandi.
Ma’lumot o‘rnida, Shuhrat G‘aniyev 2012 yildan bugungacha Farg‘ona viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritdi. Bugun, 25 sentyabr kuni uning o‘rninini 2015 yildan Namangan viloyati hokimi lavozimida ishlagan Xayrulla Bozorov egalladi.
Shuhrat G‘aniyev 1968 yilning 11 sentyabr kuni Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida tavallud topgan. Millati – o‘zbek. Partiyaviyligi yo‘q. Ma’lumoti – oliy.
1992 yilda Toshkent davlat agrar universiteti, 2005 yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan. 2015 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi.
Ish faoliyatini 1989 yilda Farg‘ona viloyati matlubot birlashmasi Marg‘ilon bazasi etakchi mutaxassisi lavozimida boshlagan.
1996-2000 yillarda – Marg‘ilon tumanlararo “Agrokimyota’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari, boshqaruvi raisi;
2000-2001 yillarda – Farg‘ona viloyati “Agrokimyota’minot” aksiyadorlik birlashmasi boshqaruvi raisi;
2001-2002 yillarda – Farg‘ona viloyati “Qishloqxo‘jalikkimyo” aksiyadorlik birlashmasi boshqaruvi raisi;
2002-2004 yillarda – “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari;
2004-2007 yillarda – “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari;
2007-2008 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri;
2008-2011 yillarda – Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari;
2011-2012 yillarda – Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi bo‘lib ishlagan.
Ma’lumot o‘rnida, Shuhrat G‘aniyev afg‘on urushi ishtirokchisi sanaladi. 2019 yilda Sobiq ittifoq qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan Afg‘oniston urushi faxriysi sifatida Shuhrat G‘aniyev qimmatbaho toshli orden bilan taqdirlangandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr