Depardening oilasi unga qo‘yilgan ayblovlarni rad etdi
Madaniyat-san’at
−
19 dekabr 2023
4234Butun dunyoga “Obiliks” roli bilan tanilgan aktyor va mahoratli rejissyor Jerar Depardening oilasi unga nisbatan aktrisalar tomonidan qo‘yilgan jinsiy tajovuz haqidagi ayblovlarga javob qaytardi. Bu haqda Fransiya mahalliy nashrlariga tayanib, “5 TV” xabar berdi.
Bildirilishicha, 74 yoshli fransuz aktyorining oilasi mahalliy nashrga ochiq xat yozgan. Ular rejissyorga qo‘yilgan ayblovlarni Depardeni obro‘sizlantirish uchun uyushtirilgan fitna, deya baholamoqda.
Aktyorning qarindoshlari e’lon qilgan xatda Depardening oilada kamtar insonligi aytilgan. U ba’zida o‘zini “qo‘pol” ko‘rsatsa ham, bolalar bilan yolg‘iz qolganda doim o‘zini bosiq tutadi. Shuningdek, mashhur aktyorning oila a’zolari o‘z maktubidagi har bir so‘zi va aktyorga berilgan ta’rif uchun kafolat berishga tayyorligini aytgan.
“Albatta, biz ko‘pincha Jerarning so‘zlaridan hayratda qolamiz, lekin bizning otamiz/bobomiz/amakimiz misli ko‘rilmagan fitna nishoniga aylangan. Jerarning og‘zaki gaplaridan boshqa to‘qima ayblovlardan foydalanish o‘ta insofsizlikdir”, deydi Depardening oilasi.
Eslatib o‘tamiz, Deparde aktrisalarga nisbatan jinsiy tajovuzda ayblanib, tergov qilinayotgandi. Yaqinda ushbu ishga oid yangi video dalillar taqdim etildi.
LiveBarchasi