Depardedan “Faxriy legion” ordeni tortib olinishi mumkin

Olam

image

Fransiyalik aktyor Jerar Deparde ayollarga nisbatan haqoratomuz so‘zlar ishlatgani uchun Fransiyaning eng oliy mukofoti – “Faxriy legion” ordenidan mahrum qilinishi mumkin. Bu haqda Fransiya Madaniyat vaziri Rima Abdul Malak ma’lum qildi.

Gap shundaki, Deparde 2018 yildagi Shimoliy Koreyaga tashrifi chog‘ida ayollar va voyaga yetmagan qizlarga nisbatan haqoratomuz so‘zlar ishlatgan. Ushbu voqea tasvirlangan kadrlar mahalliy telekanallarda namoyish etilgan. Shundan so‘ng, Fransiyaning “France Télévisions” davlat telekompaniyasi Deparde ishtirokidagi barcha filmlar namoyishini to‘xtatgandi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, aktyorning ordendan mahrum etish masalasi Legion Kengashida ko‘rib chiqiladi hamda bu borada yakuniy qaror qabul qilinadi.

Shuningdek, aktyor ushbu shov-shuvli so‘zlari tufayli Kanadaning Kvebek provinsiyasining oliy mukofoti – “Kvebek” ordenidan ham mahrum etilgandi.

Ma’lumot uchun, Jerar Deparde 1996 yilda ushbu orden bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Butun dunyoga “Obiliks” roli bilan tanilgan aktyor va mahoratli rejissyor Jerar Deparde aktrisalarga nisbatan jinsiy tajovuzda ayblanib, tergov qilingandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Jerar Depard'e Faxriy legion

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing