Denovda IIB xodimlari fuqaroni majburan bo‘linmaga olib ketdi
3-sahifa
−
24 dekabr 2020
14573Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Denov shahrida IIB xodimlari “nachalnik militsiya”ni ustidan yozgan fuqaroni majburan olib ketgani haqida video va xabar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, Denov shahar “O‘zbekiston” ko‘chasi 5-uyda yashovchi fuqaro I.A. 2019 yilning noyabr oyida tumanning “Namuna” mahallasidagi fuqarolar A.A va M.T.ga tegishli bo‘lgan, yonma-yon joylashgan 2 sotixdan jami 4 sotix yer maydonini, fuqaro A.A.ga o‘ziga tegishli ekanligini aytib, 45 mln so‘mga sotgan. Ushbu firibgarlik harakatlarini takroran davom ettirib xuddi shu yer maydonini 2020 yilning iyun oyida fuqaro V.X.ga 49 mln so‘mga sotib yuborgan.
U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni qasddan takroran sodir etganligi yuzasidan, unga nisbatan Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tergovchisi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Gumon qilinuvchi I.A. bir necha marotaba tergovga chaqirtirilishiga qaramasdan tergovga kelishdan bosh tortganligi sababli, viloyat IIB huzuridagi Tergov Boshqarmasi katta tergovchisining 2020 yil 24 dekabr kunidagi “Majburiy keltirish” qaroriga asosan, Denov tumani bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan gumonlanuvchi I.A. majburiy tartibda olib kelingan. Mazkur jinoyat ishi yuzasidan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu harakatga aralashib Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda da’vatlar qilgan, ichki ishlar organlari xodimlariga ommaviy ravishda bo‘ysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soxta uydirmalarni tarqatgan boshqa fuqarolarning shaxsiga ham aniqlik kiritilmoqda va holat yuzasidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi