De Bryuyne kelasi mavsum boshida maydonga tushmasligi mumkin

Sport

−

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne jarohati sabab keyingi mavsum startini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda “The Independent” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, u sonidagi jarohati tufayli yangi mavsum boshida bir nechta o‘yinni o‘tkazib yuborishi ehtimoli bor. Bu hafta futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Yevropa Chempionlar ligasi finalida Kevin De Bryuyne 36-daqiqada jarohat olib, zaxiraga olingandi. Finalda “Manchester Siti” Rodrining yagona goli evaziga “Inter”ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, YeCHL bosh sovriniga ega chiqdi.

De Bryuyne joriy mavsum YeCHLda golli uzatmalar soni bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi.

Yarim himoyachi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 49 o‘yinda maydonga tushib, 10 gol urdi va 31 golga assistentlik qildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing