DBQ Prezidentning opasi himoyasidagi “fura”lar haqidagi xabarni rad qildi

Jamiyat

truck_portr_5651

Avvalroq, Turkmanistondan O‘zbekistonga 4 ta yuk mashinasi tekshiruvsiz o‘tayotgani haqida xabar bergan edik. Unda Turkmanistonga tegishli 4 ta yuk avtotransport vositasi “Farob” (Turkmaniston) va “Olot” (O‘zbekiston) chegara punktlari orqali harakatlanayotganligi, ularning yuk hujjatlarida “tekshirish taqiqlanadi” deb yozilganligi hamda tovarlar Turkmaniston chegarasida bojxona tekshiruvlaridan o‘tkazilmayotganligi qayd etilgandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirilganda, ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emasligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda tashkilot Matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, chegara bojxona postlari orqali harakatlanayotgan barcha avtotransport vositalari amaldagi qonun hujjatlari talablari asosida zamonaviy nazorat-texnik vositalarini qo‘llagan holda bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 4 ta yuk mashinasining tegishli hujjatlariga Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning opasining imzosi va u rahbarlik qiluvchi tashkilot muxri tushirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona chegara O'zbekiston-Turkmaniston

Baholaganlar

152

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing