Daydi itlar 8 yoshli bolani burdalab tashladi
Olam
−
18 aprel 2023
39931Joriy yilning 16 aprel kuni Rossiyaning Orenburg shahrida qarovsiz itlar hujumiga uchragan 8 yoshli bola ayanchli tarzda halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat OAVlari xabar berdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Orenburg sanoat okrugidagi garaj kooperatividan uncha uzoq bo‘lmagan joyda bir to‘da itlar bolaga hujum qilgan. Bola olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Rossiya Tergov qo‘mitasi Jinoyat kodeksining 293-moddasi 2-qismi (ehtiyosizlik oqibatida odam o‘limiga sabab bo‘lish) va 238-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish, beparvolik tufayli odamning o‘limiga sabab bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Shuningdek, bolani o‘ldirgan itlar (3 ta) qo‘lga olingan. Ammo mamlakat federal qonunlariga ko‘ra, 3 haftadan so‘ng ular yana ko‘chaga qo‘yib yuborilishi kerak. Ko‘plab rossiyalik faollar itlarning o‘ldirilishi kerakligi haqida yozmoqda.
Viloyat bolalar ombudsmani Anjelika Linkova esa “itlar hayoti bilan bolalar hayotini tenglashtirib bo‘lmasligi”, haqida gapirdi.
“Afsuski, boshpanasiz hayvonlar masalasi hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bu muammo bo‘yicha erishilgan yutuqlar yetarli emas. Biz apparatimizning bir qator tashabbuslarini amalga oshirishga ulgurmadik. Buning uchun uzr so‘rayman”, deydi u.
Orenburg shahri meri Sergey Salmin o‘z ma’muriyatiga itlarni tishlagan bola bilan bog‘liq favqulodda vaziyatdan keyin uysiz hayvonlarni tutish bo‘yicha qonunchilik tashabbusini tayyorlashni topshirgan.
“Qonun qarovsiz hayvonlar sonini tartibga solishga yo‘l qo‘ymaydi. Ajratilgan pullar kerakli natijaga erishishga imkon bermaydi. Yana radikal choralar ko‘rish kerak, ammo ular amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilmagan”, deydi Orenburg meri.
Shuningdek, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Orenburg uy-joy kommunal xo‘jaligi boshlig‘i bolaning o‘limidan so‘ng ehtiyotsizlikda ayblanib, hibsga olingan.
LiveBarchasi