Davron Fayziyev Maxachev nega UFC reytingida peshqadam bo‘la olmaganiga izoh berdi
Sport
−
15 fevral 2023
7692Taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev rossiyalik UFC jangchisi Islom Maxachev avstraliyalik Aleks Volkanovskini mag‘lub etganiga qaramay, vazn toifasidan qat’iy nazar kuchlilar reytingi(P4P)da yuqorilamaganiga izoh berdi.
Fayziyevning fikricha, Maxachev va Volkanovski jangi tengkurashlar ostida kechgani va hakamlar qarori biroz bo‘lsa ham bahsli bo‘lgani sababli, reytingda peshqadam o‘zgarmagan bo‘lishi mumkin.
"UFC vazn toifasidan qat’iy nazar kuchlilar reytingini yangiladi. Negadir Islom Maxachev P4P yetakchiligiga ko‘tarilmadi. Garchi jang oldidan afisha aynan shu atrofida qurilgan bo‘lsa ham. Volkanovski birinchi o‘rinni saqlab qoldi. P4P reytingi ko‘proq sub’ektiv, Maxachev va Volkanoski jangi o‘ta yaqin va bahsli bo‘lgani sababli reytingga ta’sir qilmagan shekili, boshqa sabab ko‘rmayapman. Revanshga chaqiruv bo‘lishi ham mumkin. Yana bir o‘zgarish, Jon Jons reytingga qaytarildi”, deydi Fayziyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC Islom Maxachev Volkanovski bilan jang oldidan tiklanish davrida tomchilatib taqiqlangan modda iste’mol qilgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi. AQSH antidoping agentligi surishtiruvlaridan so‘ng, Maxachevning UFC'dagi kelajagi qanday ko‘rinish olishi aniq bo‘ladi.
LiveBarchasi