Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
Jamiyat
−
25 dekabr
3494Kecha, 24 dekabr kuni “2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.
Unga ko‘ra, qonun 2025 yil uchun O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
2025 yil uchun birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari tasdiqlandi.
Birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablag‘laridan faqat 2025 moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga o‘tkazilmaydi.
2025 yil uchun O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilandi.
2025 yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:
- mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari;
- tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari;
- chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekistonga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlarning stavkalari.
Qonun 2025 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Davlat byudjeti daromadlari 308,5 trln so‘mni, xarajatlari esa 344,8 trln so‘mni tashkil etmoqda. Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari va xarajatlari (byudjetlararo transfertlar hisobga olinmagan holda) tegishincha 66,4 trln so‘m va 62,8 trln so‘m miqdorida rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 18 dekabr kuni Oliy Majlis Senati “2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunni ma’qullagandi.
LiveBarchasi